Published October 2, 2026 | Version v1

YUZ TERISINING BIOLOGIK YOSHINI ANIQLASH: ZAMONAVIY KOSMETOLOGIK DIAGNOSTIKA VA INDIVIDUAL PARVARISH

Description

Ushbu maqolada yuz terisining biologik yoshini aniqlashning zamonaviy kosmetologiyadagi ahamiyati hamda teri holatini individual baholash imkoniyatlari yoritilgan. Xronologik va biologik yosh tushunchalarining farqlari, terining qarishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, jumladan, genetik moyillik, gormonal o‘zgarishlar, ultrabinafsha nurlanish, ekologik muhit, ovqatlanish, uyqu va stressning ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, korneometriya, kutometriya, sebumetriya, vizioskopiya, raqamli tasvirlash hamda sun’iy intellektga asoslangan teri tahlili kabi zamonaviy diagnostika usullarining imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada diagnostika natijalariga asoslangan individual kosmetologik parvarish dasturlarini ishlab chiqish, terining namligi, elastikligi, mikrorelyefi va pigmentatsiyasi kabi ko‘rsatkichlarni kompleks baholashning ahamiyati asoslangan. Biologik yoshni muntazam monitoring qilish orqali kosmetologik parvarish samaradorligini ob’ektiv baholash va individual parvarish strategiyasini dinamik ravishda takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Files

1 (52).pdf

Files (469.8 kB)

Name Size Download all
md5:431514247a76bd39073737450962fbf3
469.8 kB Preview Download