BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH ASOSLARI, NIZOLI VA O'Z-O'ZIDAN HAQIQIY BO'LMAGAN BITIMLAR
Authors/Creators
Description
Mazkur ilmiy maqolada bitimlarni haqiqiy emas deb topish asoslari va shartlari fuqarolik huquqi normalari hamda zamonaviy sud amaliyoti nuqtai nazaridan atroflicha va tizimli tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan va nizoli bitimlarning huquqiy tabiati, ularning tasnifiy turlari hamda o‘zaro farqli jihatlari nazariy manbalar va sud hujjatlari misollari yordamida yoritib berilgan. Shuningdek, bitimlar haqiqiy emas deb topilganda yuzaga keladigan fuqarolik-huquqiy oqibatlar, xususan, ikki tomonlama restitutsiya qoidalarini qo‘llash mexanizmlari, qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik maqsadida tuzilgan bitimlarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Maqolada amaldagi Fuqarolik kodeksi normalarini qo‘llashda fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklar tahlil qilinib, sud amaliyotidagi ovoragarchiliklarni bartaraf etish hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ilgari surilgan. Xususan, shartnomaviy munosabatlarda huquqbuzarliklarning oldini olish uchun tegishli davlat organlari va huquqshunoslar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilishi zarurligi asoslab berilgan.
Files
ARIMS 3304.pdf
Files
(366.8 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:7a406c7068e07f4ceafc785595ed9d69
|
366.8 kB | Preview Download |