BOJXONA NAZORATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TEXNIK VOSITALAR VA XAVFNI BOSHQARISH TIZIMI INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Description
Mazkur maqolada bojxona nazorati samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan texnik vositalar — inspeksion-ko‘rik majmualari (IKM) va avtomatlashtirilgan tarozilarning Xavfni boshqarish tizimi (XBT) bilan funksional integratsiyasi tatqiq etilgan. Tadqiqotda ushbu qurilmalarning texnik imkoniyatlari, ma’lumotlarni qayta ishlash aniqligi va ularning XBT uchun birlamchi ma’lumot manbai sifatidagi roli tahlil qilingan. Maqolaning asosiy urg‘usi nazorat vositalaridan olinadigan raqamli ko‘rsatkichlarni (yuk zichligi va vazn xarakteristikalari) tizimli tahlil qilish orqali rasmiylashtiruv bosqichlarini inson omilisiz aniqlash mexanizmlariga qaratilgan. Ishda turli rusumdagi IKM va tarozi tizimlarining qiyosiy tavsifi hamda ularning bojxona chegara o‘tkazish punktlarida maqsadli qo‘llanilishi texnik jihatdan asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: Xavfni boshqarish tizimi (XBT), IKM, avtomatlashtirilgan tarozi, yuk zichligi, vazn nazorati, texnik integratsiya, raqamli nazorat, IKM modellari.