ZAMONAVIY O'ZBEK TILIDA INTERNET MULOQOTINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Description
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek tilida internet muloqotining leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, bloglar va boshqa raqamli platformalarda shakllanayotgan yangi leksik birliklar, ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlar, qisqartmalar, jargon va sleng elementlari, shuningdek, mavjud so‘zlarning yangi ma’nolarda qo‘llanishi ko‘rib chiqiladi. Internet kommunikatsiyasida tezkorlik, ixchamlik va emotsionallikning leksik tanlovga ta’siri yoritiladi. “Post”, “layk”, “repost”, “kontent”, “bloger”, “obunachi”, “sahifa”, “kanal” kabi birliklarning internet diskursidagi funksional va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari internet muloqoti o‘zbek tili lug‘at tarkibining yangilanishiga faol ta’sir ko‘rsatayotganini, ayni paytda adabiy til me’yorlarini saqlash va yangi birliklarni me’yorlashtirish zarurati mavjudligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: internet muloqoti, internet diskursi, o‘zbek tili, leksika, semantika, neologizm, o‘zlashma, sleng, ijtimoiy tarmoq, raqamli kommunikatsiya