BINO TASHQI DEVORLARINING HARORAT VA NAMLIK DEFORMATSIYALARINI HISOBGA OLGAN HOLDA EKSPLUATATSION ISHONCHLILIGINI BAHOLASH
Description
Bino tashqi devorlari ekspluatatsiya davrida haroratning sutkalik va mavsumiy o‘zgarishi, namlanish-qurish jarayonlari, quyosh radiatsiyasi va atmosfera yog‘inlari ta’sirida deformatsiyalanadi. Mazkur tezisda harorat va namlik deformatsiyalarining devor konstruksiyasining kuchlanish-deformatsiya holatiga, darzlanishiga hamda ekspluatatsion ishonchliligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Deformatsiyalarni baholash uchun soddalashtirilgan hisobiy bog‘lanishlar, konstruktiv himoya choralari va monitoring yondashuvlari taklif etiladi.
Kalit so‘zlar
tashqi devor, harorat deformatsiyasi, namlik deformatsiyasi, darzlanish, kuchlanish-deformatsiya holati, ekspluatatsion ishonchlilik, quruq-issiq iqlim