Published March 3, 2025 | Version v1

"Matlai sa'dayn va majmai bahrayn" asaridagi muqaddas qadamjolar va islom dini ulamolarining maqbaralariga qilingan ziyoratlar xususidagi ma'lumotlar

Description

Markaziy Osiyo hududlariga islom dinining kirib kelishi nafaqat uning keng tarqalishiga, balki hududdagi madaniy, ijtimoiy va ilmiy rivojlanishga ham ulkan ta'sir koʻrsatgan. Islomning tarqalishida mahalliy sulolalarning, ayniqsa, Amir Temur va uning avlodlarining oʻrni muhim boʻlgan. Ular nafaqat islom dinini qabul qilib, unga amal qilishgan, balki uni ommalashtirish va ilm-fanni rivojlantirishga katta hissa qoʻshganlar. Amir Temur va uning avlodlari islom ilm-fani, fiqh, hadis va tasavvuf yoʻnalishlarida yetakchi olimlarni qoʻllab-quvvatlab, diniy merosni boyitishga harakat qilishgan. Biroq, shu bilan birga, oʻsha davrda turli diniy xurofotlar va aqidaparastlik kabi illatlar ham mavjud boʻlgan. Maqolada hozirgi vaqtda ham muhokamalarga sabab boʻlayotgan muqaddas qadamjolarga ziyorat qilish, ulugʻ avliyolar maqbaralariga safar uyushtirish masalalari oʻrganiladi. Xususan, temuriylar davrida bu kabi ziyoratlarga boʻlgan munosabat qanday boʻlgani va uning oʻsha davr manbalarida qay tarzda aks etgani tahlil qilinadi. Manbada keltirilgan ma'lumotlar orqali muqaddas joylarga safarlar, ularning ma'naviy ahamiyati, diniy qadriyatlar va ijtimoiy ahvolga ta'siri keng yoritiladi.

Abstract (Russian)

Проникновение ислама на территорию Центральной Азии оказало значительное влияние не только на его широкое распространение, но и на культурное, социальное и научное развитие региона. Важную роль в распространении ислама сыграли местные династии, особенно Амир Темур и его потомки. Они не только приняли ислам и следовали его предписаниям, но и внесли большой вклад в его популяризацию и развитие наук. Амир Темур и его потомки поддерживали выдающихся учёных в области исламских наук, фикха, хадисов и суфизма, стремясь обогатить религиозное наследие. Однако в этот период также существовали такие явления, как религиозные предрассудки и фанатизм. В статье рассматриваются вопросы, связанные с посещением святых мест и путешествиями к мавзолеям великих святых, которые вызывают споры и в наше время. В частности, анализируется, как относились к подобным паломничествам во времена Темуридов и как это отразилось в источниках того времени. На основе приведённых данных освещаются путешествия к святым местам, их духовное значение, религиозные ценности и влияние на социальную жизнь.

Abstract (English)

The introduction of Islam into the territories of Central Asia had a significant impact not only on its widespread dissemination but also on the cultural, social, and scientific development of the region. Local dynasties, especially Amir Temur and his descendants, played an important role in the spread of Islam. They not only adopted Islam and adhered to its principles, but also contributed significantly to its popularization and the advancement of Islamic sciences. Amir Temur and his descendants supported leading scholars in the fields of Islamic studies, fiqh, hadith, and Sufism, striving to enrich the religious heritage. However, during this period, various religious superstitions and fanaticism also existed. The article examines issues related to the visitation sacred sites and pilgrimages to the mausoleums of great saints, which remain subjects of debate today. In particular, it analyzes the attitudes toward such pilgrimages during the Temurid era and how these practices were reflected in the sources of that time. Using the data provided in the sources, the article explores the journeys to sacred places, their spiritual significance, religious values, and their impact on social conditions.

Files

son.2025.004.art09.pdf

Files (771.4 kB)

Name Size
md5:232b0327bd5343d7c8ed02fdb2dfc56e
771.4 kB Preview Download

Additional details

Additional titles

Translated title (Russian)
Сведения о святых местах и посещениях мавзолеев исламских учёных в произведении "Матлаи саъдайн ва маджмаи бахрайн"
Translated title (English)
Information on visits to the tombs of Islamic scholars and sacred sites described in the work "Matlai sa'dayn va majmai bahrayn"

Related works

Is identical to
https://orientalnashriyot.uz/id/son.2025.004.art09/ (URL)
Is part of
10.5281/zenodo.23059489 (DOI)
3030-3273 (ISSN)