Published September 28, 2026 | Version v1

PREKLAMSIYANI ERTA TASHXISLASH VA OLDINI OLISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ILMIY TADQIQOT NATIJALARI

Description

Mazkur maqolada preeklampsiyani erta tashxislash va oldini olishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqotda preeklampsiyaning patofiziologik mexanizmlari, erta diagnostikada qo‘llaniladigan biokimyoviy biomarkerlar, xususan, sFlt-1/PlGF nisbati, PAPP-A hamda bachadon arteriyalari Dopplerometriyasining prognostik ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, yuqori xavf guruhidagi homilador ayollarda past dozali aspirin profilaktikasining klinik samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, biokimyoviy va instrumental ko‘rsatkichlarni kompleks qo‘llash preeklampsiyani klinik belgilar namoyon bo‘lishidan oldin aniqlash imkonini beradi. sFlt-1/PlGF nisbatining yuqori diagnostik va prognostik qiymati aniqlangan. Erta skrining asosida boshlangan aspirin profilaktikasi esa preeklampsiyaning og‘ir shakllari rivojlanish xavfini kamaytirishi kuzatilgan. Olingan natijalar preeklampsiyani erta aniqlash, xavf guruhlarini shakllantirish va individual profilaktika strategiyalarini ishlab chiqishda kompleks skrining yondashuvining muhimligini ko‘rsatadi.

Files

25-28.pdf

Files (558.7 kB)

Name Size Download all
md5:b8c669301b7bd8d47e14f786419a31bb
558.7 kB Preview Download