Published September 26, 2026 | Version v1

LUFFA ECHINATA ROXB. MEVALARINING ERKIN AMINOKISLOTALARI TAXLILI

Description

So‘nggi yillarda o‘simliklardan olinadigan dorivor vositalarga ilmiy va amaliy qiziqishning ortishi tabiiy manbalardan ajratib olinadigan biologik faol birikmalarni chuqur o‘rganish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu jihatdan, Cucurbitaceae oilasiga mansub Luffa echinata Roxb. noyob va istiqbolli dorivor o‘simliklardan biri sifatida muhim ilmiy ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqotda xalq tabobatida keng qo‘llanib kelinayotgan Cucurbitaceae oilasiga mansub Luffa echinata Roxb. o‘simligi mevalari tarkibidagi erkin aminokislotalarni aniqlash va ularning miqdoriy tarkibini o‘rganilgan. Tadqiqot davomida o‘simlik mevalarining suvli ekstraktidan erkin aminokislotalar ajratib olinib, ularning tarkibi va miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YSSX) usuli yordamida aniqlandi. Tahlil natijasida Luffa echinata mevalari tarkibida 20 turdagi erkin aminokislota mavjudligi aniqlanib, ularning umumiy miqdori 10,334 mg/g ni tashkil etdi. Eng yuqori miqdorda glutamin kislota (1,421 mg/g), prolin (1,397 mg/g), alanin (1,153 mg/g) va treonin (1,048 mg/g) aniqlangan. Almashinmaydigan aminokislotalarning umumiy miqdori 36,83% ni tashkil etgan. Olingan natijalar Luffa echinata mevalarining biologik faol aminokislotalarga boy tabiiy manba sifatidagi ilmiy va amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi

Files

EJMNS 0918.pdf

Files (290.5 kB)

Name Size Download all
md5:11106e2e9c07f60b7c7353d0325cd2da
290.5 kB Preview Download