Published September 25, 2026 | Version v1

O'ZBEKISTON ICHKI SUV HAVZALARIDA CHAVOQ BALIQ (RUTILUS RUTILUS L., 1758)NING ZAMONAVIY TARQALISHI VA BIOLOGIK KO'RSATKICHLARINING QIYOSIY TAHLILI

Description

Ushbu tadqiqotda antropogen transformatsiyaga uchragan Orol dengizi havzasining turli gidrologik va gidrokimyoviy rejimga ega bo‘lgan ichki suv havzalarida chavoq baliq (Rutilus rutilus Linnaeus, 1758)ning zamonaviy tarqalishi, biotopik taqsimoti hamda asosiy biologik ko‘rsatkichlari (chiziqli o‘lchamlari, tana vazni, Fulton semizlik koeffitsiyenti) qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot materiallari 2021–2025-yillar davomida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi (Aydarko‘l, Tuzkon) hamda Zarafshon daryosi quyi havzasining qoldiq va kollektor ko‘llaridan (Sho‘rko‘l, Zamonbobo) to‘plangan (). Aniqlanishicha, R. rutilus o‘rganilgan barcha gidrotizimlarda o‘zining yuqori ekologik plastikligini (evrigalinlik va evrifagiya) namoyon etib, ixtiotsenozlarning dominant komponenti bo‘lib qolmoqda. Suvning minerallashuv darajasi 1.4 g/l dan 8.2 g/l gacha bo‘lgan oraliqda populyatsiyalarning o‘sish ko‘rsatkichlari va semizlik parametrlarida statistik jihatdan ishonchli farqlar () aniqlandi. Olingan natijalar ichki suv havzalari bioresurslaridan oqilona foydalanish va aborigen ixtiofauna monitoringini yuritishda ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Files

SIES 1221.pdf

Files (468.6 kB)

Name Size Download all
md5:922769cf2fd3f8e77fcb2ddb8e61e6c9
468.6 kB Preview Download