Published September 25, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH NATIJASIDA YETKAZILGAN ZARARNI QOPLASHNING HUQUQIY MEXANIZMLARI: MILLIY QONUNCHILIK VA XORIJIY TAJRIBA
Authors/Creators
Description
Ushbu tezisda sun’iy intellektdan foydalanish natijasida shaxslar, tashkilotlar va boshqa subyektlarga yetkazilgan zararni qoplashning huquqiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt tizimlarining tobora keng qo‘llanilishi natijasida noto‘g‘ri avtomatlashtirilgan qarorlar, dasturiy ta’minotdagi nuqsonlar, ma’lumotlarni noto‘g‘ri qayta ishlash, kiberxavfsizlikdagi zaifliklar va inson nazoratining yetarli emasligi bilan bog‘liq yangi huquqiy xavflar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda javobgarlikni ishlab chiquvchi, ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi, foydalanuvchi va boshqa ishtirokchilar o‘rtasida oqilona taqsimlash masalalari yoritiladi.