Published September 24, 2026 | Version v1

OILAVIY TARBIYA VA MAKTAB TA'LIMINING HAMKORLIKDAGI TA'SIRI

Description

Ushbu tezis oilaviy tarbiya va maktab ta’limining hamkorlikdagi ta’sirini ilmiy 
jihatdan tahlil qiladi. Oila bolaning birinchi tarbiya maskani bo‘lib, unda asosiy axloqiy 
qadriyatlar, xulq-atvor me’yorlari va dunyoqarash shakllanadi. Maktab esa bilim berish, 
ijtimoiylashtirish va mas’uliyat tuyg‘usini tarkib toptirish vazifalarini bajaradi. Tadqiqotda 
ular o‘rtasidagi uzviy hamkorlikning bola shaxsiga ijobiy ta’siri ochib beriladi. Ilmiy 
manbalarga tayanib, oila va maktab hamkorligining akademik yutuqlar, ijtimoiy-emotsional 
rivojlanish va xulq-atvorga ta’siri asoslab beriladi. Ota-onalar yig‘inlari, elektron 
kundaliklar, ochiq darslar, treninglar va birgalikda muammolarni hal qilish kabi samarali 
shakllar ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston sharoitida oila-maktab-mahalla hamkorligining 
ahamiyati ta’kidlanadi. Amaliyotdagi muammolar – formal yondashuv, ota-onalar 
ishtirokining pastligi va bir tomonlama aloqa – tahlil qilinadi. Tezisda individual yondashuv, 
doimiy muloqot, raqamli vositalardan foydalanish va ota-onalarni faol ishtirokchi sifatida 
jalb etish kabi tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilar, ota-onalar va ta’lim 
sohasi mutaxassislari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, barkamol avlodni tarbiyalashga 
xizmat qiladi.

Files

Nishanova Aziza Mirzaxmadovna 2222222.pdf

Files (270.1 kB)

Name Size
md5:788ae40f4d1a19e3655999848cccf7fe
270.1 kB Preview Download