O'ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZM DESTINATSIYALARIDA TURISTLARNING EKOLOGIK YUKLAMASINI BAHOLASH VA TABIIY HUDUDLARNING TURISTIK SIG'IMINI ANIQLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Authors/Creators
- 1. Qarshi davlat universiteti tayanch doktoranti
Description
Maqolada O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish jarayonida tabiiy hududlarga tushayotgan antropogen bosimni baholash va turistik oqimni ekologik maqbul darajada boshqarish masalalari o‘rganiladi. Tadqiqotda turistlar oqimi, tashrif davomiyligi, suv va energiya iste’moli, chiqindilar, transport bosimi, yo‘laklar yuklanishi hamda hududlarning ekologik sezgirligi hisobga olingan holda barqaror turistik sig‘imni aniqlashning kompleks metodikasi taklif etiladi. Shuningdek, ekologik yuklama indeksi va barqaror turistik sig‘imni hisoblashning takomillashtirilgan konseptual modeli ishlab chiqiladi.