PERINATAL MARKAZIY NERV TIZIMI SHIKASTLANISHLARI FONIDA RIVOJLANADIGAN PNEVMONIYANING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI: ZAMONAVIY ADABIYOTLAR SHARHI
Authors/Creators
Description
Annotatsiya. Mazkur sharhning maqsadi perinatal MNT shikastlanishlari fonida rivojlanadigan pnevmoniyaning morfologik xususiyatlariga oid zamonaviy ilmiy ma'lumotlarni tizimli tahlil qilish va mavjud ilmiy qarashlarni umumlashtirishdan iborat. Tadqiqot davomida 2015– 2026-yillarda nashr etilgan 123 ta ilmiy manba PubMed, Scopus, Web of Science, Google Scholar, SpringerLink hamda ScienceDirect bazalaridan tanlab olinib, qiyosiy va tanqidiy yondashuv asosida baholandi. Tahlil natijalari mikroaspiratsiya, neyroinflammasiya, immunoregulyatsiya buzilishlari va mikrotsirkulyator disfunksiya pnevmoniya rivojlanishining asosiy patogenetik omillari ekanligini ko'rsatdi. O'pka to'qimasida alveolyar va interstitsial yallig'lanish, bronx hamda qon tomirlari devoridagi strukturaviy o'zgarishlar va fibroz ustun morfologik belgilar sifatida aniqlandi. Shu bilan birga, ushbu o'zgarishlarning morfometrik baholanishiga bag'ishlangan tadqiqotlar yetarli emasligi qayd etildi. Olingan ma'lumotlar perinatal MNT shikastlanishlari bilan bog'liq pnevmoniyaning patogenezini chuqurroq yoritish hamda zamonaviy morfologik va morfometrik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish zarurligini ko'rsatadi.
Files
ActaCAMU-17-son-2026-229-236.pdf
Additional details
References
- 1. «2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida». Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. PF–60, 28.01.2022. 2. «Oʻzbekiston-2030 strategiyasi toʻgʻrisida». Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. PF–158, 11.09.2023. 3. Abdraxmanova S.T. va hammualliflar. Detskiy serebralniy paralich i respiratornie zabolevaniya. Pediatriya jәne bala xirurgiyasi. 2015;(1):10–15. 4. Ayshauova R.R. va hammualliflar. Osobennosti vnebolnichnoy pnevmonii u detey s detskim serebralnim paralichom. Doktor.Ru. 2018;(5):14–18.