Hozirgi o'zbek adabiyotida apokaliptik olam modeli: Isajon Sultonning "Genetik" romani misolida
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada Isajon Sultonning “Genetik” romanida tasvirlangan olamning apokaliptik modeli tahlil qilinadi. Asarda apokalipsis faqat borliqning jismoniy yakuni yoki insoniyatning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi sifatida emas, balki tabiatdagi keskin o‘zgarishlar, urushlar, xalqlarning ko‘chishi, insonning o‘z mohiyatidan uzoqlashuvi hamda ilm-fan imkoniyatlaridan noto‘g‘ri foydalanish xavfi bilan bog‘liq murakkab hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, romandagi apokaliptik kayfiyat umidsizlik bilan yakunlanmaydi. Yozuvchi zulmat va tanazzul qarshisiga ilm, xotira, o‘zlikni anglash va ruhiy uyg‘onish g‘oyalarini qo‘yadi. Roman xotimasidagi tong obrazi ana shu yangilanish va qayta tiklanish ramziga aylanadi.
Files
37-41.pdf
Additional details
References
- 1.Sulton Isajon. "Genetik" romani.