TURIZM VA MEHMONDO'STLIK SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada turizm va mehmondo‘stlik sohasida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Unda sun’iy intellekt, Big Data, Internet of Things (IoT), mobil texnologiyalar, bulutli platformalar, virtual va kengaytirilgan reallik hamda robototexnika kabi innovatsion yechimlarning turistik xizmatlar sifatini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, texnologiyalarning turistlar tajribasini individuallashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish va turistik destinatsiyalar raqobatbardoshligini kuchaytirishdagi imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqotda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq texnik, iqtisodiy va tashkiliy muammolar ham ko‘rib chiqilib, O‘zbekistonda turizm va mehmondo‘stlik sohasining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar belgilangan