Intellektual o'lchash asboblari (O'quv qo'llanma)
Description
O‘quv qo‘llanmada metrologiya, o‘lchash usullari va vositalari hamda ilg‘or o‘lchash texnologiyalari va qurilmalarini ishlab chiqish uchun muhandislik, fizika, informatika va ma‘lumotlar tahlilini birlashtirgan ko‘p tarmoqli intellektual sohalardagi oʻlchash vositalarining aniqligi, avtomatlashtirilishi hamda samaradorligini oshirishga, shuningdek, ma'lumotlarni tahlil qilish va izohlashni yaxshilashga doir ma‘lumotlar yoritib berilgan. Shuningdek, intellektual o‘lchashlar bo‘yicha asosiy tushunchalar, o‘lchash asboblari va o‘zgartkichlari, elektrik o‘lchash usullari va vositalari, chiziqli-burchakli o‘lchash usullari va vositalari, issiqlik texnikasida o‘lchashlar va asboblar, akustik о‘lchash usullari va
vositalari bo‘yicha matnli hamda vizual-illyustrativ shakldagi o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o‘qtish mexanizmlari, ular asosida mustaqil ta‘limni tashkil etish hamda sohaga oid muammolarga optimal yechimlar keltirilgan. O‘quv qo‘llanmada zamonaviy-intellektual о‘lchash asboblari bo‘yicha mа‘lumotlar о‘z aksini topgan. 60711300 - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavriat talim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.