Published September 16, 2026 | Version v1

RESURSLAR CHEKLANGANLIGI SHAROITIDA O'ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING IQTISODIY TAHLILI

  • 1. Ma'mun universiteti dotsenti, i.f.f.d.

Description

Resurslari cheklangan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalasi mamlakatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning nazariy-uslubiy asoslari umumlashtirilib, O'zbekiston tajribasi rasmiy statistik ma'lumotlar asosida iqtisodiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Global ochlik indeksi dinamikasi, yer va suv resurslaridan foydalanish samarad orligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish bilan bog'liq jarayonlar ko'rib chiqilgan. Tahlil natijalari Global ochlik indeksi (GHI) 2000 -yildagi 25,7 baldan 2025-yilda 5 baldan past darajaga tushganini va oziq-ovqat xavfsizligi ko'rsatkichlarida ijobiy dinamika shaklanganini ko'rsatadi. Shu bilan birga, suv resurslarining cheklanganligi, qayta ishlash darajasining pastligi va eksport bozorlarining konsentratsiyasi oziq-ovqat tizimining barqarorligini ta'minlashdagi muhim tarkibiy cheklovlar sifatida namoyon bo'lmoqda. Aniqlangan muammolardan kelib chiqib, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyal arni kengaytirish hamda qayta ishlash quvvatlarini modernizatsiya qilish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

OSB-2026-00539.pdf

Files (593.2 kB)

Name Size
md5:e5a7ed8cf4344edca07980d445285876
593.2 kB Preview Download