HUDUDLARGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning zamonaviy mexanizmlari tadqiq etilgan.
Xorijiy kapital oqimini hududlar kesimida kengaytirishga ta’sir etuvchi institutsional, moliyaviy, infratuzilmaviy va tashkiliy
omillar tahlil qilingan. Investorlarga yaratiladigan huquqiy kafolatlar, soliq va bojxona rag‘batlari, investitsiya loyihalarini
“yagona darcha” tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlash, tayyor infratuzilmaga ega investitsiya maydonlarini shakllantirish
hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, hududlarning iqtisodiy salohiyati va
infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning differensial mexanizmlarini takomillashtirish
yo‘nalishlari asoslangan. Tadqiqot natijalari hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy kapitaldan
samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.