YANGI O'ZBEKISTONNI BARPO ETISH JARAYONIDA MADANIYAT MUASSASALARI FAOLIYATIDAGI O'ZIGA XOSLIKLAR VA TRANSFORMATSION JARAYONLAR
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida madaniyat muassasalari faoliyatida yuz berayotgan tashkiliy, mazmuniy va institutsional transformatsion jarayonlar tahlil qilinadi. 2017-yildan boshlangan islohotlar doirasida madaniyat va san’at sohasini boshqarish tizimining takomillashuvi, madaniyat markazlari, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, bolalar musiqa va san’at maktablari hamda ijodiy to‘garaklar faoliyatidagi o‘zgarishlar yoritiladi. Shuningdek, madaniyat muassasalarining jamiyat ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlash, milliy o‘zlikni anglash, yoshlarning estetik va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada sohadagi moddiy-texnik ta’minot, malakali kadrlar, repertuar siyosati va yoshlarni madaniy jarayonlarga jalb etish bilan bog‘liq muammolar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.