TIJORAT BANKLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN RISKLARNI BOSHQARISH TIZIMI ORQALI MOLIYAVIY BARQARORLIK VA DAROMADLILIKNI OSHIRISH
Authors/Creators
Description
Maqolada tijorat banklarida integratsiyalashgan risklarni boshqarish tizimining moliyaviy barqarorlik
va daromadlilikka ta’siri tadqiq etiladi. Risk-menejment an’anaviy tarzda yo’qotishlarning oldini olish vositasi
sifatida talqin qilinadi; maqolada esa u bankning strategik qarorlarini qo’llab-quvvatlovchi va kapitaldan foydalanish
samaradorligini oshiruvchi boshqaruv mexanizmi sifatida asoslanadi. Risk ishtahasi tizimi, “uch himoya chizig’i”
modeli, stress-testlash va riskka tuzatilgan natijadorlik ko’rsatkichlari (RAROC) o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik
yoritiladi. O’zbekiston bank sektori misolida risk-menejment tizimining yetuklik darajasini o’lchovchi integral
indeks yaratish va uni bank daromadliligi ko’rsatkichlari bilan bog’lash bo’yicha metodologik yondashuv taklif
etiladi.