OILA–MAKTAB HAMKORLIGI – INKLYUZIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM PEDAGOGIK SHARTI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada ta’lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik imkoniyatlari, innovatsion strategiyalari hamda oila va maktab hamkorligining ahamiyati tahlil qilingan. Inklyuziv madaniyat ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlari, qobiliyatlari, ta’lim ehtiyojlari va ijtimoiy tajribasidan qat’i nazar, ularni teng qadriyatga ega shaxs sifatida qabul qilish, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini qaror toptirishni nazarda tutadi. Shuningdek, oila va maktabning yagona tarbiyaviy pozitsiya asosida hamkorlik qilishi, ota-onalarning inklyuziv kompetentligini oshirish, oilaviy muhitda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini mustahkamlash masalalari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning inklyuziv ta’limni individuallashtirishdagi ahamiyati asoslangan. Maqola yakunida ta’lim amaliyoti uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.