Published September 16, 2026 | Version v1

LEGAL FOUNDATIONS FOR ENSURING THE PRINCIPLE OF COMPETITIVE NEUTRALITY IN UZBEKISTAN

Authors/Creators

Description

Ushbu tezis O‘zbekiston hududida raqobat neytralligi tamoyilini ta’minlash uchun huquqiy asoslarni o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalar va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluvchi huquqiy me’yorlar va institutsional mexanizmlarni aniqlashdan iboratdir. Tadqiqotda normativ-huquqiy tahlil, qiyosiy-huquqiy yondashuv va institutsional tahlil kabi usullar qo‘llaniladi. Raqobat neytralligini ko‘rib chiqishda davlatning mulkdor, tartibga soluvchi, xaridor va moliyalashtiruvchi sifatidagi turli funksiyalarining bozor ishtirokchilariga nisbatan asossiz ustunlik yoki cheklovlarga olib kelmasligi zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqot natijasida raqobat neytralligini konstitutsion kafolatlar, ma’muriy-huquqiy vositalar, raqobat qonunchiligi, davlat yordamini nazorat qilish tizimi hamda davlat xaridlari mexanizmlarining bir-biri bilan bog‘liq tizimi sifatida shakllantirish taklif etiladi. 

Files

4 (8).pdf

Files (310.4 kB)

Name Size
md5:4587e6d12589fd2abdaddca606390518
310.4 kB Preview Download