Published September 16, 2026 | Version v1

AGROBIOTSENOZLARDA HASHAROTLAR O'RTASIDAGI BIOTIK ALOQALARNING EKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Description

Mazkur maqolada Zarafshon daryosi quyi oqimi sharoitidagi g‘o‘za 
agrobiotsenozida uchraydigan bo‘g‘imoyoqlilar, xususan, fitofag va entomofag 
hasharotlarning tur tarkibi, ekologik xususiyatlari hamda ularning o‘zaro biotik 
munosabatlari tahlil qilingan. Agroekotizimlarda organizmlar o‘rtasidagi yirtqichlik, 
parazitizm va boshqa biologik munosabatlarning o‘simliklarni zararkunanda hasharotlardan 
himoya qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotlar natijasida g‘o‘za agrobiotsenozida 
bo‘g‘imoyoqlilarning 13 turkum, 29 oila va 54 avlodga mansub 63 turi aniqlangan bo‘lib, 
ulardan 31 turi fitofaglar, 32 turi esa entomofaglardan iborat ekanligi qayd etilgan. 
Antropogen omillar, sug‘orish tarmoqlarining kengayishi va ekin maydonlari tarkibidagi 
o‘zgarishlarning fitofaglar, jumladan, ko‘sak qurti tarqalishi va son dinamikasiga ta’siri 
baholangan. Shuningdek, zararkunandalar sonini biologik jihatdan boshqarishda tabiiy 
entomofaglardan foydalanish hamda ekologik xavfsiz mikrobiologik preparatlarni qo‘llash 
istiqbollari ko‘rib chiqilgan.  

Files

Ergashev Shavkat Murodovich .pdf

Files (640.7 kB)

Name Size Download all
md5:eaf91d7957cc751b3766bc0d6c9595b9
640.7 kB Preview Download