Published December 15, 2025 | Version v1

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O'RGATISH JARAYONIDA NOVERBAL KOMMUNIKATSIYA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING METODIK IMKONIYATLARI

Description

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatish jarayonida noverbal kommunikatsiya vositalari, xususan, imo-ishoralar, tana harakatlari, yuz ifodasi, ko‘z bilan aloqa va mimikadan foydalanishning pedagogik-metodik ahamiyati yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik va kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda, verbal axborotni noverbal vositalar bilan uyg‘unlashtirish xorijiy til materialini tushunish, o‘zlashtirish va uzoq muddat xotirada saqlash imkoniyatlarini oshirishi asoslab berilgan. Maqolada imo-ishoralarning lug‘at boyligini shakllantirish, tinglab tushunish, kommunikativ faollik, emotsional munosabat va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, Total Physical Response (TPR), imo-ishoralar asosida hikoyalash, didaktik o‘yinlar, qo‘shiq va harakatli mashqlar kabi metodlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Mavzuga oid ilmiy qarashlar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

5 (87).pdf

Files (268.8 kB)

Name Size
md5:6e155d6971122fb452ac4d1ee718ae8a
268.8 kB Preview Download