Published September 15, 2026 | Version v1

KASBIY STRESSNING PSIXOLOGIK OMILLARI VA UNI PROFILAKTIKA QILISH YO'LLARI

Authors/Creators

Description

Annotatsiya. Mazkur maqolada kasbiy stressning psixologik omillari, uning shakllanish mexanizmlari va profilaktika qilishning asosiy yo‘llari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda kasbiy stress tushunchasining mazmuni, uning yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi tashkiliy, ijtimoiy-psixologik va individual-psixologik omillar, shuningdek, kasbiy stressning shaxsning emotsional holati, kasbiy motivatsiyasi va mehnat samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Kasbiy stress muammosini o‘rganishda H. Selye, R. Karasek, J. Siegrist, A. B. Leonova, V. A. Bodrov kabi olimlarning ilmiy yondashuvlari tahlil qilinib, stressning rivojlanishida mehnat talablari va shaxsning ichki resurslari o‘rtasidagi munosabatning ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, kasbiy stressning davomiy ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan emotsional zo‘riqish, kasbiy charchoq va kasbiy so‘nish holatlarining psixologik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada kasbiy stressning oldini olishning individual va tashkiliy darajadagi psixoprofilaktik yo‘llari, jumladan, stressbardoshlilikni rivojlantirish, emotsional o‘zini boshqarish, kasbiy motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom psixologik muhit yaratish va mehnat yuklamasini oqilona tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: kasb, kasbiy faoliyat, kasbiy stress, stressor, psixologik zo‘riqish, stressbardoshlilik, emotsional barqarorlik, emotsional charchoq, kasbiy so‘nish, kasbiy motivatsiya, psixologik farovonlik, psixoprofilaktika.

Files

Hayitov Qobil (93-102) 9 (1)-son.pdf

Files (654.9 kB)

Name Size
md5:06b387c58ac8046a3200ff37227e63c8
654.9 kB Preview Download