Published September 14, 2026 | Version v1

KALAMUSH OSHQOZON TO'QIMALARIDA APOPTOZ JARAYONINI TARTIBGA SOLUVCHI miRNKlarning MOLEKULYAR-GENETIK XUSUSIYATLARI

  • 1. Olmazor tumani 278-maktab, Toshkent, O'zbekiston

Description

Ushbu ishda kalamush oshqozon to‘qimalarida apoptoz jarayonining posttranskripsion boshqaruvida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan mikroRNKlar (miRNK) va ularning BAX, BCL2 hamda CASP3 genlari bilan ehtimoliy o‘zaro aloqalari adabiyot va bioinformatik ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Asosiy e’tibor BCL2 bilan funksional bog‘liqligi tajribada ko‘rsatilgan miR-15/16 oilasi, miR-21 va miR-34a ga qaratildi [1–3]. miRNK–mRNK munosabatlarini baholashda miRWalk, miRDB va miRTarBase kabi resurslarning imkoniyatlari hamda ularning prediktiv va eksperimental dalillarni farqlashdagi ahamiyati ko‘rib chiqildi [4–6]. Tahlil natijalari mazkur miRNKlarni kalamush oshqozon to‘qimalarida apoptotik jarayonlar bilan bog‘liq molekulyar tarmoqlarni o‘rganish uchun istiqbolli nomzodlar sifatida ko‘rsatadi, biroq ushbu modeldagi funksional aloqalarni eksperimental tasdiqlash zarur.

Files

62. Gulmonova Mahbuba 245-250.pdf

Files (233.9 kB)

Name Size
md5:c0304c22396651c7ba934e69eb5125f8
233.9 kB Preview Download