RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O'QITUVCHINING REFLEKSIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLARI
Authors/Creators
Description
Raqamli transformatsiya sharoitida o‘qituvchining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari refleksiv kompetensiyaning mazmuni, o‘qituvchining kasbiy faoliyatidagi o‘rni hamda raqamli ta’lim muhitida uning ahamiyati tahlil qilingan bo’lib, John Dewey, Donald Schön, Fred Korthagen, Punya Mishra, Matthew Koehler, Christine Redecker kabi xorijiy olimlar, N.V. Kuzmina, A.A. Bizyaeva, A.V. Karpov, L.M. Mitina kabi MDH tadqiqotchilari hamda N.A. Muslimov, A.A. Abduqodirov, U.Sh. Begimqulov singari o‘zbekistonlik olimlarning ilmiy qarashlarida umumlashtirilgan. Refleksiv kompetensiyani rivojlantirishda kompetensiyaviy, faoliyatli, konstruktivistik, tizimli, akmeologik va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning ahamiyati asoslangan. Shuningdek, elektron portfolio, videorefleksiya, o‘z-o‘zini baholash, raqamli diagnostika va ta’lim analitikasidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ko’rsatilgan.