Boshlang'ich ta'lim mazmunini aksiologik paradigma asosida tizimlashtirishning pedagogik samaradorligi
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim mazmunini aksiologik paradigma asosida tizimlashtirish metodikasining
pedagogik samaradorligi tajriba-sinov materiallari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi raqamli axborot
muhiti kengayib borayotgan sharoitda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan
barqaror munosabatni shakllantirish zarurati bilan izohlanadi.
Tadqiqotning maqsadi “qadriyat-mazmun-faoliyat-refleksiya” integratsiyasiga tayangan metodik tizimning samaradorligini
aniqlash va uni statistik jihatdan asoslashdan iborat. Tajriba-sinov ishlari respublikaning to‘rt viloyatidagi 14 ta umumta’lim
maktabida jami 1173 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi ishtirokida uch bosqichda amalga oshirilgan. Diagnostik
monitoring kognitiv, aksiologik, kommunikativ, refleksiv va faoliyatli mezonlar bo‘yicha o‘tkazilib, natijalar o‘rtacha qiymat,
dispersiya, standart og‘ish hamda Styudentning t-mezoni yordamida statistik qayta ishlangan.
Tahlil natijalari tajriba guruhida yuqori darajadagi ko‘rsatkichlar ulushi barcha mezonlar bo‘yicha nazorat guruhiga nisbatan
18-23 foizga yuqori bo‘lganini ko‘rsatgan. Guruhlar o‘rtasidagi farq statistik jihatdan ishonchli deb baholangan.
Muallifning ilmiy hissasi qadriyatli kompetensiyalarni baholashga mo‘ljallangan besh mezonli diagnostik matritsani ishlab
chiqish va uning amaliy samaradorligini eksperimental yo‘l bilan tasdiqlashdan iborat.