Published September 10, 2026 | Version v1

TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI TOKENLARNI JORIY ETISHNING XALQARO TAJRIBASI VA O'ZBEKISTON BANK TIZIMI UCHUN ISTIQBOLLARI

Description

Mazkur maqolada tijorat banklarida raqamli tokenlarni joriy etishning nazariy va amaliy asoslari, tokenlashtirilgan depozitlarning iqtisodiy mohiyati hamda ularning CBDC va stablecoinlardan farqli jihatlari tadqiq etilgan. Jahon amaliyotida tijorat banklari tomonidan tokenlashtirilgan depozitlar, tokenlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar, raqamli obligatsiyalar va dasturlashtiriladigan to‘lov vositalaridan foydalanish tajribasi tahlil qilingan. Xususan, BIS tomonidan ilgari surilgan “unified ledger” konsepsiyasi, Project Agorá, Singapurdagi Project Guardian va DBS bankining Treasury Tokens loyihalari hamda J.P. Morgan tomonidan rivojlantirilayotgan JPM Coin deposit token tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqotda tokenlashtirilgan depozitlarning asosiy afzalliklari sifatida hisob-kitoblarning tezlashishi, 24/7 rejimida ishlash, smart-kontraktlar orqali operatsiyalarni dasturlashtirish, DvP va PvP mexanizmlarini avtomatlashtirish, likvidlikni samarali boshqarish va operatsion xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari aniqlangan. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik, huquqiy maqom, likvidlik, operatsion va texnologik risklar hamda pul-kredit siyosatiga ehtimoliy ta’sir kabi muammolar ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘zbekiston tijorat banklari, xususan, Agrobank uchun tokenlashtirilgan depozitlarni bosqichma-bosqich joriy etish modeli taklif etilgan.

Files

65-74.pdf

Files (717.0 kB)

Name Size Download all
md5:2e69f4879e70208f1a786efdd5216520
717.0 kB Preview Download