YOSHLARNING MA'NAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLAR VA HUQUQIY MADANIYATNING O'ZARO UYG'UNLIGI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlarning ma’naviy immunitetini shakllantirish masalasi tahlil qilinadi. Unda milliy qadriyatlar, ma’naviy meros, axloqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning yosh shaxs dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. Ma’naviy immunitet faqat yot g‘oyalarga qarshi turish vositasi emas, balki yoshlarning mustaqil fikrlashi, axborotni tanqidiy baholashi, milliy o‘zligini anglash, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va jamiyat oldidagi mas’uliyatini his etish qobiliyati sifatida talqin qilinadi.