Published September 2, 2026 | Version v1

Ta'limning barcha bosqichlarida onalarni pedagogik jarayonlarga jalb qilish: bosqichma-bosqich model va uning pilot sinovi natijalari

Description

Maqolada ta’limning maktabgacha, boshlang‘ich va o‘rta bosqichlarida onalarni pedagogik jarayonlarga
jalb qilishning bosqichma-bosqich modeli asoslanadi. Model bog‘lanish nazariyasi, yaqin rivojlanish zonasi tushunchasi,
Epsteynning olti turdagi ishtirok tizimi va Baumrindning avtoritativ ota-onalik konsepsiyasiga tayanadi hamda o‘zbek
pedagogik merosi bilan uyg‘unlashtiriladi. Model asosida uch moduldan, 12 sessiya va 24 soatdan iborat trening dasturi
ishlab chiqilgan. Dasturning amaliy o‘tkazilish imkoniyati 10 nafar ona ishtirokida, uchta vakil sessiya doirasida pilot sinovdan
o‘tkazildi. Natijalar qatnov darajasi 96,7 foizni, uy amaliyotining bajarilishi 78 foizni tashkil etganini va olti pedagogik
kompetentlik bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash ko‘rsatkichi o‘rtacha 0,9 ballga o‘sganini ko‘rsatdi. Tadqiqot onalarga yo‘naltirilgan
tizimli tayyorgarlik dasturining O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilishi mumkinligini tasdiqlaydi

Files

105_Sultonova_Mehruza_Xusanboy_qizi_Axmedova_Dilnoza_Odilovna.pdf

Files (2.0 MB)

Additional details