IPO JARAYONIDA ANDERRAYTERLAR VA EMITENTLAR O'RTASIDAGI MANFAATLAR TO'QNASHUVINI YUMSHATISH MEXANIZMLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur tezisda aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) jarayonida emitent korxona va anderrayter o‘rtasida yuzaga keladigan agentlik ziddiyatlari hamda manfaatlar to‘qnashuvini yumshatish mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda axborot assimetriyasi sharoitida anderrayterlar tomonidan aksiyalar narxini ataylab past baholash (underpricing), aksiyalarni noxolis taqsimlash (spinning) va boshqa opportunistik xatti-harakatlarning iqtisodiy sabablari tahlil qilingan. Xalqaro amaliyot va nazariy modellar asosida rag‘batlantiruvchi komissiya shartnomalari, mustaqil moliyaviy maslahatchilar (IFA) instituti, buyurtmalarni shaffof allokatsiya qilish algoritmlari hamda me’yoriy-huquqiy nazorat vositalarini joriy etish orqali tomonlar manfaatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Files
13-17.pdf
Additional details
References
- 1. O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (2024). Birlamchi ommaviy takliflarni tashkil etish va anderrayterlik faoliyatini tartibga solish bo'yicha tahliliy hisobot. Toshkent: ILMA axborotnomasi.