O'TKIR HOSHIMOV VA ERNEST HEMINGUEY IJODIDA HAYVONLAR BILAN BOG'LIQ BADIIY DETALLAR VA PSIXOLOGIK TASVIR
Authors/Creators
Description
Maqolada tarkibida hayvon nomi keladigan badiiy detalning psixologik tasvirdagi vazifasi ko‘rib chiqiladi. Bunday detalning ikki turi – qiyos tarkibidagi va voqelikda mavjud hayvonga tayanuvchi detal – farqlanadi hamda ularning bilvosita psixologizm shakllari bilan bog‘lanishi asoslanadi. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani va Ernest Hemingueyning “Chol va dengiz” qissasi hamda “Kilimanjaro qori” hikoyasidan olingan parchalar tahlil qilinadi. Ikki adib matnida detalning turi va tasvir yo‘nalishi bo‘yicha izchil farq borligi ko‘rsatiladi.