SOVET DAVRIDA FARGʻONA VODIYSIDA DONCHILIK VA TAKRORIY EKIN AMALIYOTI (1925–1991-YILLAR)
Authors/Creators
- 1. Osiyo xalqaro universiteti 1-bosqich doktoranti, "Xorijiy til va ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
Description
Maqolada 1925–1991-yillarda Fargʻona vodiysining oʻzbek qismi - Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari dehqonchiligida donchilik tarmogʻining tutgan oʻrni tahlil qilinadi. Ekin maydonlari tarkibidagi oʻzgarishlar paxta yakkahokimligi siyosatining bevosita hosilasi sifatida qaraladi. Izlanishlar davomida davriy matbuot, statistik va agrotexnik nashrlar ma'lumotlari asosida urush yillaridagi majburiy qayta taqsimlash hamda 1950–1960-yillardagi takroriy ekin amaliyotining vodiy sharoitidagi natijalari tahlil qilindi. Shuningdek, duragay makkajoʻxori navlarining joriy etilishi va urugʻchilik tizimining tashkil qilinishi masalalariga toʻxtaladi.