Biologiya fanini o'qitishda biologiya (maxsus pedagogika: logopediya) yo'nalishi talabalarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida Biologiya (maxsus pedagogika: logopediya) yo‘nalishi talabalariga
biologiya fanini o‘qitish jarayonida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan.
Logoped mutaxassislarni tayyorlashda biologik bilimlarning, xususan, inson anatomiyasi va fiziologiyasi, markaziy va
periferik nerv tizimi, bosh miya faoliyati, eshitish va nutq apparatining fiziologik xususiyatlarini chuqur o‘zlashtirish muhimligi
asoslangan. Biologik bilimlarni logopediya bilan integratsiyalash orqali talabalarda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish,
sabab-oqibat aloqalarini aniqlash, ilmiy dalillarni baholash va asoslangan xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish
imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada muammoli ta’lim, Case-study, aqliy hujum, loyiha metodi, PISA tipidagi topshiriqlar
va klinik-pedagogik vaziyatlardan foydalanishning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan.