BUXORO VILOYATINING KESKIN KONTINENTAL IQLIM VA SHO'RLANGAN TUPROQ SHAROITIDA G'O'ZANI TOMCHILATIB SUG'ORISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada Buxoro viloyatining keskin kontinental iqlimi, yuqori havo harorati, atmosfera yog‘inlarining kamligi, bug‘lanishning yuqoriligi hamda sug‘oriladigan tuproqlarning turli darajada sho‘rlangan sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Hududda suv resurslarining cheklanganligi va tuproq sho‘rlanishining mavjudligi g‘o‘zaning suv bilan ta’minlanishini ilmiy asosda boshqarishni talab etadi. Tadqiqotda tomchilatib sug‘orishning sug‘orish me’yorlari, sug‘orish muddatlari, namlanish konturini boshqarish, fertigasiyani tashkil etish va sho‘rlanishning ildiz zonasiga ta’sirini kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Buxoro sharoitida sug‘orish rejimini faqat kalendar muddatlarga emas, balki tuproq namligi, o‘simlikning rivojlanish fazasi va meteorologik ko‘rsatkichlarga asoslangan holda belgilash maqsadga muvofiq.