Tasavvuf adabiyoti haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar
Description
Ushbu maqolada tasavvuf adabiyotining tarixi va buguni, uning shakllanish bosqichlari, tasavvuf adabiyotining mazmun-mohiyati dunyo sharqshunoslari va adabiyotshunoslarining nazariy fikrlariga asoslangan holda tadqiq etilgan. Tasavvuf adabiyoti Islom dunyosida chuqur ildizlarga ega boʻlib, tarix davomida koʻplab olimlar, shoirlar va faylasuflarni ta'sirlagan fikrlar oqimidir. Tasavvuf soʻzining kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud boʻlib, bu borada yakdil fikr yoʻq. Bu soʻz arabcha «suf» (jun) soʻzidan kelib chiqqanligi va junli kiyim kiygan, oddiy hayot kechirgan kishilarga nisbatan ishlatilganligi keng tarqalgan fikrlardan hisoblanadi. Tasavvufning ma'nosi esa ma'naviy poklanish, Allohga yaqinlik va ichki xotirjamlikka erishishdir. Tasavvuf adabiyotida chuqur ma'naviy ta'limotlar adabiy asarlar orqali keng ommaga yetkazilgan. Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy va Yunus Emro kabi mutasavvuflarning asarlari tasavvufning ilohiy muhabbat, ma'naviy sayohat masalalarini chuqur oʻrgangan. Ushbu asarlarda ilohiy muhabbat, Allohga bogʻlanish va ma'naviy poklanish kabi mavzular koʻtarilgan va bu mavzular orqali odamlar ma'naviy uygʻonishga chorlangan. Tasavvuf adabiyoti faqat islom dunyosida emas, balki butun insoniyatga murojaat qiluvchi hayot tarzidir. Shuning uchun tasavvuf adabiyoti oʻtmishdan hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda va odamlarga ma'naviy yoʻl koʻrsatishda davom etmoqda. Tasavvuf ta'limoti sevgi, bagʻrikenglik va tinchlikka asoslangan boʻlib, bu qadriyatlar umumbashariy boʻlganligi uchun tasavvuf adabiyoti har doim dolzarbligini saqlab qoladi va insoniyatga nur sochishda davom etadi.
Kalit soʻzlar: tasavvuf, tasavvuf adabiyoti, turk she'riyati, ishq, soʻfiy, oshiq, didaktika, mashuq.
Abstract. This article explores the history and contemporary development stages of Sufi literature, based on the theoretical perspectives of orientalists and literary scholars. Sufi literature has deep roots in the Islamic world and has influenced numerous scholars, poets, and thinkers throughout history. There are various views on the origin of the word «Sufism» and there is no consensus on this matter. However, a common view is that the word derives from the Arabic «suf» (wool), referring to those who wore woolen garments and led a simple life. The meaning of Sufism involves spiritual purification, seeking closeness to Allah, and inner peace. Sufi literature has disseminated these profound spiritual teachings to a wide audience through literary works. The works of Sufi scholars such as Ahmad Yassavi, Jalaluddin Rumi, and Yunus Emre deeply explore divine love, spiritual journeys, and the relationship between humans and Allah. Themes such as divine love, devotion to Allah, and spiritual purification are addressed in these works, inviting people to a spiritual awakening. Sufi literature is not only a way of life in the Islamic world but also addresses humanity as a whole. Therefore, it maintains its significance from ancient times to the present day, continuing to illuminate the spiritual path for people. The teachings of Sufism are based on love, tolerance, and peace, and due to these universal values, Sufi literature will always remain relevant, shedding light on the path for humanity.
Keywords: Sufism, Sufi literature, Turkish poetry, love, Sufi, lover, didactic, beloved.
Manba: Turkologiya / Turkology: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy jurnali. – 2024. – № 1-2. – B. 36–43. ISSN 2181-2100.