Published August 29, 2026 | Version v1

O'ZBEKISTON KORPORATIV SEKTORIDA AGILE BOSHQARUVGA O'TISH: INSTITUTSIONAL MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Description

Ushbu maqolada O‘zbekiston korporativ sektorida Agile boshqaruv metodologiyasiga o‘tish jarayonining institutsional muammolari va rivojlanish istiqbollari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro Agile transformatsiya tajribalari, O‘zbekiston korporatsiyalarining tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv madaniyati xususiyatlari, shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar doirasida korporativ boshqaruvni takomillashtirishga oid ma’lumotlardan foydalanilgan.

Agile metodologiyasining jahon tajribasida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish, bozor o‘zgarishlariga tez moslashish va innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirishdagi ijobiy natijalari keng e’tirof etilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston sharoitida ushbu metodologiyani joriy etish o‘ziga xos institutsional to‘siqlar bilan duch kelmoqda.

Xususan, qat’iy ierarxik boshqaruv an’analari, qarorlarni markazlashtirilgan holda qabul qilish amaliyoti, me’yoriy-huquqiy bazaning moslashuvchan boshqaruv usullariga tayyor emasligi, byudjetlashtirish va moliyaviy rejalashtirish tizimining qattiqligi, shuningdek, boshqaruv kadrlarining Agile tamoyillari bo‘yicha yetarli metodologik tayyorgarlikka ega emasligi asosiy institutsional to‘siqlar sifatida aniqlangan. Tadqiqot natijalari Agile boshqaruvga o‘tishning muvaffaqiyati faqat texnik jarayonlarni o‘zgartirish bilan emas, balki tashkiliy madaniyat, rahbarlik uslubi, xodimlarning motivatsion tizimi va boshqaruv falsafasini tubdan qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Maqolada Skandinaviya mamlakatlari, Singapur va Hindistonning Agile transformatsiya tajribalari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, Agile’ni bosqichma-bosqich joriy etish, pilot loyihalar orqali tajriba sinovi, gibrid (aralash) boshqaruv modellarini qo‘llash, rahbarlar va xodimlarni tizimli o‘qitish hamda transformatsiya muvaffaqiyatini baholashning yangi KPI tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

387-396.pdf

Files (683.2 kB)

Name Size Download all
md5:91ce9881cb71f8c162b0a70e37e0166d
683.2 kB Preview Download