Published September 2, 2026 | Version v1

TARIX FANI MAZMUNINING O'QUVCHILARNI IJTIMOIYLASHTIRISH VA FUQAROLIK POZITSIYASINI SHAKLLANTIRISHDAGI IMKONIYATLARI

Description

Mazkur maqolada tarix fani mazmunining o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish, ularda fuqarolik mas’uliyati, ijtimoiy faollik, milliy o‘zlikni anglash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tarix ta’limining mazmuni faqat tarixiy bilim, sana va voqealarni o‘zlashtirish bilan cheklanmasdan, o‘quvchining jamiyatdagi o‘rnini anglashiga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishiga, tarixiy voqea-hodisalarga tanqidiy baho berishiga hamda jamiyat oldidagi mas’uliyatini his etishiga xizmat qilishi asoslanadi. Maqolada tarixiy tafakkur, kompetensiyaviy yondashuv, muammoli va loyihaviy ta’lim, raqamli ta’lim, muzey pedagogikasi hamda oila–maktab–mahalla hamkorligining tarix ta’limidagi ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari tanqidiy tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy tarbiya tajribasini zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish orqali tarix darslarining ma’naviy-axloqiy va fuqarolik tarbiyasidagi samaradorligini oshirish masalalari yoritiladi.

Files

Djamilov Nurali Murodillayevich.pdf

Files (574.5 kB)

Name Size
md5:66fc7fee2152fd5f8e863e81521827a6
574.5 kB Preview Download