TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TIZIMLARNI QO'LLASHNING SAMARADORLIGI
Authors/Creators
Description
Ta’limni boshqarish tizimlari (Learning Management System – LMS) zamonaviy raqamli ta’lim muhitida o‘quv jarayonlarini tashkil etish va boshqarishning muhim vositasiga aylangan. Ushbu tezisda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish hamda ta’lim platformalarini diversifikatsiyalash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilayotgan Moodle va Canvas LMS tizimlarining funksional imkoniyatlari, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda o‘ziga xos jihatlari qiyosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Moodle platformasining konstruktivistik ta’lim muhitini shakllantirish, kurslarni moslashuvchan boshqarish va o‘quv faoliyatini monitoring qilishdagi afzalliklari, Canvas tizimining esa bulutli arxitekturasi, intuitiv interfeysi va mobil integratsiyadagi yuqori samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, LMS platformalarini sun’iy intellekt texnologiyalari bilan integratsiya qilish o‘quv jarayonlarini individuallashtirish, ta’lim sifatini optimallashtirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan