XUSUSIY OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada xususiy oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilingan. Talabalarning shaxslararo munosabatlari, muloqotga kirishuvchanligi, ijtimoiy moslashuvi, hamkorlik qobiliyati, empatiya, o‘zaro ishonch va guruhdagi psixologik muhit kabi omillarning ijtimoiy munosabatlar shakllanishidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xususiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, talabalar o‘rtasidagi hamkorlik va kommunikativ jarayonlarning ijtimoiy munosabatlar rivojiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot doirasida talabalarning ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishda individual-psixologik xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik moslashuv, kommunikativ kompetentlik va guruhiy o‘zaro ta’sirning o‘rni asoslab berilgan. Maqolada talabalarda ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan psixologik yondashuvlar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.