Raqamli ta'lim sharoitida geoaxborot tizimlarini o'qitishning zamonaviy holati va rivojlanish tendensiyalari
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada raqamli ta’lim transformatsiyasi sharoitida geoaxborot tizimlarini (GAT) oliy ta’lim muassasalarida
o‘qitishning zamonaviy holati, rivojlanish tendensiyalari hamda ilmiy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Dunyoning
rivojlangan davlatlari oliy ta’lim tizimida GATni o‘qitish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlar va mavjud amaliyot o‘rganiladi. Tadqiqot davomida GATni o‘qitish jarayonidagi mavjud muammolar,
ularning kelib chiqish sabablari hamda raqamli ta’lim talablaridan kelib chiqadigan qarama-qarshiliklar aniqlanadi.
Shuningdek, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, masofaviy zondlash ma’lumotlari, WebGIS, mobil GIS va virtual laboratoriyalarni
ta’lim jarayoniga integratsiyalashning istiqbollari yoritiladi. Tadqiqot natijalari GAT fanlarini o‘qitish metodikasini
takomillashtirish hamda bo‘lajak mutaxassislarning geofazoviy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi