Published August 24, 2026 | Version v1

BANK AKTIVLARI SIFATINI OSHIRISHDA MUAMMOLI QARZLAR VA GAROV TA'MINOTINI BOSHQARISH USULLARI

Description

Annotatsiya. Ushbu maqolada bank aktivlari sifatini oshirishda muammoli qarzlar va garov ta'minotini boshqarish usullarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, muammoli kreditlarni rasman aniqlash va ularga zaxira ajratish borasida soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlarga qaramasdan, ajratilgan garov ta'minotini haqiqiy qiymatga aylantirish, ya'ni uni realizatsiya qilish bosqichi koʻplab hollarda samarasiz kechmoqda. Maqolaning maqsadi muammoli qarzlar va garov ta'minotini boshqarishning amaldagi huquqiy-institutsional mexanizmlarini tahlil qilish, ularning kamchiliklarini aniqlash hamda bank aktivlari sifatini oshirishga xizmat qiluvchi takomillashtirilgan yondashuvlar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy tahlil, statistik-iqtisodiy tahlil, qiyosiy tahlil, hudud misolidagi amaliy tahlil (case-study) va SWOT-tahlil elementlaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, 2023-yil yakuniga Buxoro viloyati tijorat banklari misolida qarzdorlikni soʻndirish evaziga balansga oʻtgan 162,4 milliard soʻmlik garov mulkining 99 foizga yaqini (161,1 milliard soʻm, 93 ta obyekt) bir yildan ortiq muddat davomida sotilmasdan turgan, shu bilan birga respublika miqyosida muammoli kreditlarning zaxira bilan qoplanish darajasi 85 foizga yetgan. Bu tafovut zaxiralashtirish jarayoni ancha ilgarilagani, ammo garov mulkini bozorga chiqarish va real qiymatga aylantirish bosqichi jiddiy "tiqilinch"ga uchraganini koʻrsatadi. Maqolada muammoli qarzlarni hal etish strategiyalari matritsasini joriy etish, garov mulkini realizatsiya qilishning yagona raqamli platformasini yaratish hamda milliy aktivlarni boshqarish institutini shakllantirish imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Natijalar Oʻzbekiston bank tizimida aktivlar sifatini oshirish va kreditorlar huquqini himoya qilish siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.

Kalit soʻzlar: bank aktivlari sifati; muammoli qarzlar; garov ta'minoti; kreditorlar huquqi; aktivlarni realizatsiya qilish; qarzni undirish; restrukturizatsiya; aktivlarni boshqarish kompaniyasi.

Аннотация. В данной статье исследуются вопросы совершенствования методов управления проблемной задолженностью и залоговым обеспечением в повышении качества банковских активов. Актуальность исследования обусловлена тем, что, несмотря на достигнутые в последние годы успехи в формальном выявлении проблемных кредитов и формировании резервов, этап превращения залогового обеспечения в реальную стоимость, то есть его реализация, во многих случаях остаётся неэффективным. Целью статьи является анализ действующих правовых и институциональных механизмов управления проблемной задолженностью и залоговым обеспечением, определение их недостатков и разработка усовершенствованных подходов, способствующих повышению качества банковских активов. В исследовании применены методы нормативно-правового анализа, статистико-экономического анализа, сравнительного анализа, анализа конкретного случая (case-study) на примере региона и элементов SWOT-анализа. Результаты анализа показали, что по состоянию на конец 2023 года на примере коммерческих банков Бухарской области около 99 процентов залогового имущества (161,1 млрд сумов из 162,4 млрд, 93 из 100 объектов), перешедшего на баланс банков в счёт погашения задолженности, оставалось непроданным более года, тогда как в целом по республике уровень покрытия проблемных кредитов резервами достиг 85 процентов. Этот разрыв показывает, что процесс резервирования продвинулся значительно дальше, тогда как этап вывода залогового имущества на рынок и превращения его в реальную стоимость сталкивается с серьёзным «затором». В статье разработаны предложения по внедрению матрицы стратегий разрешения проблемной задолженности, созданию единой цифровой платформы реализации залогового имущества, а также изучению возможности формирования национального института управления активами. Результаты имеют практическое значение для повышения качества активов банковской системы Узбекистана и совершенствования политики защиты прав кредиторов.

Ключевые слова: качество банковских активов; проблемная задолженность; залоговое обеспечение; права кредиторов; реализация активов; взыскание долга; реструктуризация; компания по управлению активами.

 Abstract. This article examines ways to improve methods of managing problem debts and collateral security in enhancing the quality of bank assets. The relevance of the study lies in the fact that, despite recent progress in formally identifying problem loans and building reserves, the stage of converting collateral security into real value — that is, its realization — remains inefficient in many cases. The purpose of the article is to analyze the existing legal and institutional mechanisms for managing problem debts and collateral, to identify their shortcomings, and to develop improved approaches that contribute to enhancing bank asset quality. The study employs methods of legal-regulatory analysis, statistical-economic analysis, comparative analysis, a regional case study, and elements of SWOT analysis. The results show that, as of the end of 2023, in the case of commercial banks in the Bukhara region, about 99 percent of collateral property (161.1 billion soums out of 162.4 billion, 93 of 100 objects) that had been transferred to banks' balance sheets in debt settlement remained unsold for more than a year, while nationwide the coverage of problem loans by reserves reached 85 percent. This gap shows that the reserving process has advanced considerably further than the stage of bringing collateral to market and converting it into real value, which faces a serious bottleneck. The article develops proposals for introducing a debt-resolution strategy matrix, creating a unified digital platform for collateral realization, and exploring the possibility of establishing a national asset management institution. The findings have practical significance for improving asset quality in Uzbekistan's banking system and for strengthening creditor-rights protection policy.

Keywords: bank asset quality; problem debt; collateral security; creditor rights; asset realization; debt collection; restructuring; asset management company.

 

Files

24 - Djamalov G‘ofir Oribjanovich.pdf

Files (848.9 kB)

Name Size Download all
md5:89f53d1a96dd2d54a2353a1bb8aad923
848.9 kB Preview Download

Additional details

Software