Published August 24, 2026 | Version v1

TURIZM KLASTERLARI FAOLIYATINI MOLIYAVIY VA SOLIQ MEXANIZMLARI ORQALI IQTISODIY RAG'BATLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Annotatsiya. Ushbu maqolada turizm klasterlari faoliyatini moliyaviy va soliq mexanizmlari orqali iqtisodiy rag'batlantirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi O'zbekiston iqtisodiyotida turizm sohasining strategik tarmoq sifatida jadal rivojlanayotgani, ammo klaster ishtirokchilarini qo'llab-quvvatlovchi moliyaviy-soliq mexanizmlarining tizimli va samaradorlikka yo'naltirilgan tarzda hali to'liq shakllanmaganligi bilan izohlanadi. Maqolaning maqsadi turizm klasterlari faoliyatini rag'batlantiruvchi amaldagi moliyaviy va soliq instrumentlarini tahlil qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash hamda takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, statistik-iqtisodiy tahlil, dinamik qatorlar tahlili, SWOT-tahlil elementlari va normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish usullaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari 2022–2025 yillarda xorijiy sayyohlar oqimining qariyb 2,25 barobar o'sganini, biroq mavjud soliq imtiyozlarining klaster darajasida emas, balki asosan tarmoq va alohida faoliyat turlari kesimida berilayotganini ko'rsatdi. Maqolada turizm klasterlari uchun differensiallashtirilgan soliq rejimi, klasterlarni rivojlantirish maqsadli jamg'armasi, imtiyozli kreditlash mexanizmlari hamda soliq imtiyozlari samaradorligini monitoring qilish tizimini joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar O'zbekistonda hududiy turizm siyosatini shakllantirishda, shuningdek "O'zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida belgilangan maqsadli ko'rsatkichlarga erishishda amaliy ahamiyatga ega.

Kalit soʻzlar: turizm klasteri; soliq imtiyozlari; moliyaviy rag'batlantirish; investitsiya muhiti; qo'shilgan qiymat solig'i; imtiyozli kreditlash; hududiy rivojlanish; turizm iqtisodiyoti.

Аннотация. В данной статье исследуются вопросы экономического стимулирования деятельности туристских кластеров посредством финансовых и налоговых механизмов. Актуальность исследования обусловлена тем, что туризм формируется как стратегическая отрасль экономики Узбекистана, однако финансово-налоговые механизмы поддержки участников кластеров пока не сложились в системном виде, ориентированном на результативность. Целью статьи является анализ действующих финансовых и налоговых инструментов стимулирования туристских кластеров, оценка их эффективности и разработка научно обоснованных предложений по их совершенствованию. В исследовании применены методы сравнительного анализа, статистико-экономического анализа, анализа динамических рядов, элементов SWOT-анализа и систематизации нормативно-правовых документов. Результаты анализа показали рост потока иностранных туристов в 2022–2025 годах почти в 2,25 раза, при этом действующие налоговые льготы предоставляются преимущественно в разрезе отрасли и отдельных видов деятельности, а не на уровне кластера. В статье разработаны предложения по внедрению дифференцированного налогового режима для туристских кластеров, фонда развития кластеров, механизма льготного кредитования и системы мониторинга эффективности налоговых льгот. Полученные результаты имеют практическое значение для формирования региональной туристской политики Узбекистана, а также для достижения целевых показателей, определённых в рамках стратегии «Узбекистан – 2030».

Ключевые слова: туристский кластер; налоговые льготы; финансовое стимулирование; инвестиционная среда; налог на добавленную стоимость; льготное кредитование; региональное развитие; экономика туризма.

Abstract. This article examines the economic stimulation of tourism cluster activities through financial and tax mechanisms. The relevance of the study stems from the fact that tourism is being formed as a strategic sector of Uzbekistan's economy, while the financial and tax mechanisms supporting cluster participants have not yet been shaped into a systemic, performance-oriented framework. The purpose of the article is to analyze the existing financial and tax instruments stimulating tourism clusters, assess their strengths and weaknesses, and develop scientifically grounded proposals for their improvement. The study employs methods of comparative analysis, statistical-economic analysis, time-series analysis, elements of SWOT analysis, and systematization of legal and regulatory documents. The results reveal that the inflow of foreign tourists grew by nearly 2.25 times during 2022–2025, while the existing tax incentives are mainly granted at the sectoral and activity-specific level rather than at the cluster level. The article develops proposals for introducing a differentiated tax regime for tourism clusters, a cluster development fund, a preferential lending mechanism, and a monitoring system for the effectiveness of tax incentives. The findings have practical significance for shaping Uzbekistan's regional tourism policy and for achieving the targets set within the "Uzbekistan – 2030" strategy.

Keywords: tourism cluster; tax incentives; financial stimulation; investment climate; value added tax; preferential lending; regional development; tourism economy.

Files

26 - Abdurazakov Shavkat Shokirdjanovich.pdf

Files (851.0 kB)

Name Size Download all
md5:fefdc96f264aaa7f731b2b6805dd5cf4
851.0 kB Preview Download

Additional details

Software