XORIJIY ILMIY STAJIROVKALARNI BOSHQARISH INTEGRATIV AXBOROT TIZIMINING KO'P QATLAMLI ARXITEKTURASI VA MA'LUMOTLAR MODELI
Authors/Creators
Description
Maqolada xorijiy ilmiy stajirovkalarni boshqarishga mo‘ljallangan integrativ axborot tizimining ko‘p qatlamli funksional arxitekturasi va konseptual ma’lumotlar modeli ishlab chiqiladi. Arxitektura foydalanuvchi taqdimoti, identifikatsiya va vakolat, workflow, predmet servislar, intellektual tahlil, integratsiya, ma’lumotlar hamda analitika qatlamlariga ajratiladi. Ma’lumotlar modelida ariza markaziy agregat sifatida qabul qilinib, nomzod, tashkilot, tanlov, ariza versiyasi, hujjat, texnik ekspertiza, ilmiy ekspertiza, qaror, shartnoma, stajirovka, hisobot va audit obyektlari referensial munosabatlar bilan bog‘lanadi. Versiyalash va audit orqali ariza–ekspertiza–qaror–shartnoma–hisobot zanjirining traceability xususiyati ta’minlanadi. Arxitektura konkret dasturlash tili yoki ma’lumotlar bazasi mahsulotiga qattiq bog‘lanmaydi; predmet invariantlari – holat o‘tishi, vakolat, normativ RuleSet, versiya, SI-assistentning cheklangan roli va audit – serverdagi yagona biznes-logika orqali boshqariladi. Natija integrativ modelni real dasturiy muhitga izchil transformatsiya qilish imkonini beradi.