Published August 22, 2026 | Version v1

METABOLIK SINDROM RIVOJLANISHIDA SURUNKALI YALLIG'LANISHNING AHAMIYATI

Description

Metabolik sindrom zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishida surunkali yallig‘lanish muhim patogenetik omil hisoblanadi. Ushbu maqolaning maqsadi metabolik sindrom rivojlanishida surunkali yallig‘lanishning ahamiyatini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda metabolik sindromning patofiziologik mexanizmlari, yallig‘lanish mediatorlarining faollashuvi hamda ularning insulin rezistentligi va metabolik buzilishlar bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Tahlillar natijasida surunkali yallig‘lanish jarayoni uglevod va lipid almashinuvining buzilishiga, semizlikning kuchayishiga hamda yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishiga xizmat qilishi aniqlandi. Olingan ma'lumotlar surunkali yallig‘lanish metabolik sindromning rivojlanishi va progressiyasida muhim patofiziologik bo‘g‘in ekanligini ko‘rsatadi.

Files

50-60.pdf

Files (545.2 kB)

Name Size Download all
md5:ab597350b3c5f7c87988fe177a8b6b33
545.2 kB Preview Download