Published August 21, 2026 | Version v1

XALQARO SPORT NIZOLARINI HAL ETISHDA SPORT ARBITRAJ SUDINING (CAS) AMALIYOTI: ZAMONAVIY MUAMMOLAR VA ULARNING HUQUQIY YECHIMLARI

Authors/Creators

Description

Mazkur maqolada xalqaro sport nizolarini hal etishda Sport arbitraj sudining (Court of Arbitration for Sport — CAS) huquqiy maqomi, yurisdiksiyasi va zamonaviy arbitraj amaliyoti tahlil qilingan. Tadqiqotda CAS tomonidan nizolarni ko‘rib chiqishning oddiy arbitraj va apellyatsiya arbitraji shakllari, shuningdek, antidoping nizolarini hal etish mexanizmlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. CAS amaliyotida protsessual adolat, sportchilarning eshitilish huquqi, arbitrajchilarning mustaqilligi va xolisligi, nizolarni tezkor ko‘rib chiqish hamda arbitraj qarorlarining yakuniyligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, CAS qarorlarining xalqaro sport huquqining rivojlanishi va Lex Sportiva shakllanishiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida sport arbitrajida tezkorlik va protsessual adolat o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, sportchilarning protsessual huquqlarini kuchaytirish, arbitrajchilarning mustaqilligini ta’minlash hamda arbitraj qarorlarining samarali ijrosini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada CAS amaliyotining O‘zbekiston sport huquqi uchun ahamiyati ham asoslab berilgan.

Files

207-216.pdf

Files (712.0 kB)

Name Size Download all
md5:4d94ade5fd729b62ac3b5645c53e34cf
712.0 kB Preview Download