Published August 15, 2026 | Version v1

KORXONALARNING EKSPORT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION BOSHQARUV MEXANIZMLARINING O'RNI

  • 1. "West textile export company" MCHJ rahbari

Description

Bugungi kunda texnologik yangilanishlarning jadallashuvi, ishlab chiqarish sikllarining qisqarishi, mahsulotlarning hayotiy davri tezlashishi hamda iste’molchilar talabining individual va funksional xususiyatlar bo‘yicha murakkablashib borishi korxonalar faoliyatida innovatsion boshqaruvning strategik ahamiyatini keskin oshirmoqda. Zamonaviy raqobat muhitida eksport salohiyatining o‘sishi faqat mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish yoki eksport operatsiyalari hajmini ko‘paytirish bilan belgilanmaydi. Aksincha, korxonaning yangi bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirish qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tezkor yangilash, ishlab chiqarish jarayonlarini moslashuvchan tashkil etish, yangi mahsulotlarni yaratish va tijoratlashtirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda resurslardan yuqori samaradorlik bilan foydalanish imkoniyati eksport salohiyatining sifat jihatdan rivojlanishini belgilovchi ustuvor omillardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, xalqaro bozorlarda raqobat mahsulot narxidan tashqari uning funksional xususiyatlari, dizayn yangiligi, ishlab chiqarish tezligi, texnologik murakkabligi, ekologik samaradorligi va buyurtmachining individual talablariga moslashish darajasi bilan ham belgilanayotgan sharoitda innovatsion boshqaruv korxona eksport faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Files

386-392.pdf

Files (439.6 kB)

Name Size
md5:582f1d9e4099cc15db36d5a1c45d3784
439.6 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1.Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.01.2026 yildagi PF-4-son.
  • 2.Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.02.2026 yildagi PF-21-son.
  • 3.B. Cassiman, E. Golovko. Innovation and internationalization through exports // Journal of International Business Studies. - 2011. - Vol. 42, No. 1. - P. 56–75.