TALABALARNING IJODIY KOMPETENTLIGINI EVRISTIK METODLAR VA IJODIY TA'LIM MUHITI ORQALI RIVOJLANTIRISH
Authors/Creators
Description
Zamonaviy oliy ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri talabani tayyor bilimlar bilan qurollantirish emas, balki unda yangilik yarata olish, nostandart vaziyatda mustaqil qaror qabul qilish va o‘ziga xos yechim taklif eta bilish qobiliyatini shakllantirishdir. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonunida ta’lim shaxsning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilganligi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida esa o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etish, talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Shu bois talabalarning ijodiy kompetentligini rivojlantirish masalasi bugungi pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biriga aylandi.