Published July 1, 2026 | Version v1

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA "KAPITAL MAJBURIYATLAR — LIKVIDLIK — ERKIN PUL OQIMI" MUVOZANATINI TA'MINLASH MODELI

Description

Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda «kapital majburiyatlar —
likvidlik — erkin pul oqimi» muvozanatini ta’minlash modeli taklif etilgan. Model operatsion faoliyatdan sof pul oqimini
uchta raqobatlashuvchi yo‘nalish — kapital qo‘yilmalar, dividend to‘lovlari va qarzlarni qaytarish o‘rtasida taqsimlash jarayonini
rasmiylashtiradi hamda muvozanat holatini baholovchi beshta koeffitsiyentlar tizimini o‘z ichiga oladi. Model «Navoiy
kon-metallurgiya kombinati» AJ amaliyotida sinovdan o‘tkazilgan. Natijada 2025-yilda 2024-yilga nisbatan operatsion
faoliyatdan sof pul oqimi 2 702 mln AQSh dollaridan 4 652 mln dollarga (+72,2 %), asosiy vositalar xaridi 914 mln dollardan
1 019 mln dollarga (+11,5 %), dividend to‘lovlari 1 731 mln dollardan 3 204 mln dollarga (+85,1 %) oshgan, qarzlarni
qaytarish esa 1 214 mln dollardan 1 138 mln dollarga (−6,3 %) kamaygan. Pul oqimi taqchilligi 1 157 mln dollardan 709
mln dollarga, ya’ni 38,7 foizga qisqargan, kapital majburiyatlarni qoplash koeffitsiyenti 0,700 dan 0,868 gacha ko‘tarilgan

Files

181. Jumaniyazova Feruza Rajabovna.pdf

Files (2.4 MB)

Name Size
md5:12ccb6aa0d8faee7f46047a4f008c5b6
2.4 MB Preview Download

Additional details